17:48 / 16.07.2020
3 198

O‘zbekistonda koronavirus tufayli vafot etayotganlarning o‘limiga asosan ortiqcha vazn va pnevmaniya sabab bo‘lyaptimi?

O‘zbekistonda koronavirus tufayli vafot etayotganlarning o‘limiga asosan ortiqcha vazn va pnevmaniya sabab bo‘lyaptimi?
Koronavirus oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklarning aksariyatida ortiqcha vazn bo‘lgani ma’lum qilindi. Biroq Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov aynan shu narsa bemorning o‘limiga sabab bo‘lgan degan fikrga qo‘shilmasligini aytdi.

«Koronavirusdan vafot etganlarning aksariyatida ortiqcha vazn, surunkali kasalliklari borligi rost. Ortiqcha vazn nafaqat koronavirus kasalligida, balki, boshqa ko‘plab yuqumli kasalliklarga chalinganda ham qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi.

Chunki ortiqcha vaznga ega bemorlarda har qanday yuqumli kasalliklarning kechishi og‘ir bo‘ladi, vaznning me’yoridan ko‘pligi davolash jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin aynan ortiqcha vaznga egalik o‘limga sabab bo‘ldi degan fikrdan yiroqmiz
», deydi Nurmat Otabekov.

Davlat bosh sanitariya inspektoriga ko‘ra O‘zbekistonda qayd etilayotgan koronavirusdan o‘lim holatlarining aksariyati pnevmaniya, nafas olish tizimidagi muammolar bilan bog‘liq.

«Pnevmoniya kasalligi bu o‘pkaning yallig‘lanishi bo‘lib, uning etiologik omillari, ya’ni yuzaga kelish sabablar juda ko‘p. Bakterialar, viruslar, zamburug‘lar va biron-bir toksik moddalar pnevmaniyani keltirib chiqarishi mumkin.

Lekin bitta narsani aniq bilamiz. Koronavirus kasalligining aksariyat hollarda uchrayotgan eng jiddiy asoratlaridan biri bu o‘pka yallig‘lanishi, ya’ni pnevmoniya hisoblanadi. Bu nafaqat o‘choqli pnevmaniya, balki o‘pkada jiddiy muammolarni yuzaga kelishi barobarida O‘zbekistonda qayd etilayotgan koronavirusdan o‘lim holatlarining aksariyati aynan ushbu asorat, ya’ni nafas olish tizimidagi muammolar bilan bog‘liq.

Pnevmaniya aynan koronavirus bilan chaqirilganmi yoki boshqa bir ekologik omil bilan chaqirilganmi, bundan qat’i nazar unga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak. Qachonki nafas tizimi izdan chiqar ekan, organizmda to‘qimalarni kislorod bilan to‘yintirish, to‘qimalardagi karbonad angidritni, zaharli moddalarni organizmdan chiqarib yuborish uchun o‘pka faoliyati o‘ta zarur hisoblanadi
» deydi Nurmat Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus tufayli vafot etayotganlarning o‘limiga asosan ortiqcha vazn va pnevmaniya sabab bo‘lyaptimi?