18:13 / 16.07.2020
4 204

Virusli infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘simliklar aytildi

Virusli infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘simliklar aytildi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Qizlarxon Begmatova virusli infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘simliklarni sanab o‘tdi.

«O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar kapsula, damlama, tabletka va boshqa dori shakllarida preparatlar tayyorlanadi. Lekin aynan viruslarga qarshi damlamalarni qo‘llash masalasi an’anaviy tibbiyotda keltirilmagan.

Viruslarga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri bu – immunitet, ya’ni organizmning virusli infeksiyalarga qarshi himoyasini kuchaytirishdir. Virusli infeksiyalarda isitmani tushirish, yallig‘lanish jarayonlarini susaytirish maqsadida na’matak damlamasi, chuchukmiya ildizi qaynatmasi, moychechak, shalfey yaproqlari, tirnoqgul o‘ti damlamalari halq tabobatidan keng qo‘llanadi
», deya agentlik vakilining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bildirilishicha, O‘zbekistonda 215 turdagi virusli infeksiyani davolashda qo‘llanadigan dori vositalari ishlab chiqariladi.

«O‘zbekistonda virusli infeksiyalarda davolashda qo‘llanadigan 44 nomdagi preparat mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ular asiklovir, entekavir, oksolin, umifenovir, lamivudin, abakavir, rutan kabi ta’sir etuvchi moddalar saqlagan hamda majmuaviy tarkibga ega bo‘lgan viruslarga qarshi vositalardir.

Mamlakatda farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaradigan jami 202ta korxona mavjud. Shularning 55tasi tomonidan 215 turdagi virusli infeksiyani davolashda qo‘llanadigan bir qator dori vositalari ishlab chiqariladi.

Xususan, Nobel Pharmsanoat kompaniyasi «Kovipir» nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshladi va yangi dori vositasi qisqa muddatlarda o‘zlashtirildi. Favipiravir faol moddasi saqlovchi dori vositasi Yaponiya, Rossiya va bir qator davlatlarda koronavirus infeksiyasini davolashda yuqori samara ko‘rsatib kelmoqda
», dedi Qizlarxon Begmatova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Virusli infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘simliklar aytildi