00:07 / 17.07.2020
5 592

Rossiyada kasallanganlar soni O‘zbekistondagidan ko‘p bo‘lsa-da, nima uchun niqob taqib yurish bekor qilingan?

Rossiyada kasallanganlar soni O‘zbekistondagidan ko‘p bo‘lsa-da, nima uchun niqob taqib yurish bekor qilingan?
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Rossiyada kasallanganlar soni O‘zbekistondagidan ancha ko‘p bo‘lganiga qaramay nima uchun niqob taqib yurish bekor qilingani, mamlakatimizda esa bu talab bekor qilinmayotganiga to‘xtaldi.

«Avvalambor ta’kidlash joizki, Rossiya Federatsiyasida niqob taqib yurish butunlay bekor qilingani yo‘q. Transportda, bozorlar, do‘konlar va boshqa aholi to‘planadigan joylarda niqob taqish talabi saqlanib qolgan.

Faqatgina ko‘chada yurganda niqob «taqish shart» degan yondashuv «taqish shart emas» degan qarashga almashtirildi. Qolaversa, har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan o‘zining tartibini belgilaydi va amalga oshiradi. Bizda esa mamlakatimizdagi epedimiologik vaziyat va xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga asoslanib, bu talab saqlanib turibdi
», dedi Nurmat Otabekov.

Bosh davlat sanitariya inspektori, shuningdek, Isroil olimlari koronavirusga qarshi dori nima uchun aynan O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgani, o‘zbekistonlik mutasaddilar qaysi sabablarga ko‘ra bunga rozi bo‘lishayotgani haqidagi savolga ham javob berdi.

«Birinchidan, bu ma’lumotning nechog‘li asosli ekani to‘g‘risida shubha bor. Negaki, Isroil davlatining aholisi 9 mln atrofida. Ushbu davlat hozir har kuni 3 mingdan ko‘p bemor ro‘yxatga olinayapti. Demak, isroillik mutaxassislarning O‘zbekiston hududiga kelib qandaydir tahlillar olishidan ko‘ra o‘z davlatlaridagi muammo bilan ko‘proq shug‘ullanishlariga ehtiyoj bor.

Agar mabodo qaysidir davlat aholimizning koronavirunisga nisbatan immuniteti darajasini baholash, kasallikka chidamliligini o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni taklif qiladigan bo‘lsa, bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Albatta, biz aholimizning necha foizida immun to‘sig‘i shakllanganini bilib qo‘ysak bu keyinchalik kasallikning qancha muddat davom etishi bo‘yicha tasavvurlarimizning shakllanishida muhim hisoblanadi
», deydi Nurmat Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada kasallanganlar soni O‘zbekistondagidan ko‘p bo‘lsa-da, nima uchun niqob taqib yurish bekor qilingan?