09:12 / 18.07.2020
6 548

Indoneziyalik ayolni yutib yuborgan dahshatli piton

Indoneziyalik ayolni yutib yuborgan dahshatli piton
7 metr (23 fut) uzunlikdagi dahshatli piton indoneziyalik ayolni yutib, o‘ldirgan. Bunday hodisalar nihoyatda kam uchrasa-da, ammo Indoneziyada so‘nggi bir yil ichida piton tomonidan sodir etilgan 2 ta o‘lim holati kuzatilgan.

Sulavesi viloyatidagi Muna orolida istiqomat qiluvchi 54 yoshli ayol o‘tgan payshanba kuni poliz mahsulotlarini tekshirish mahalida bedarak yo‘qolgan. Ushbu hodisadan so‘ng mahalliy aholi tomonidan qidiruv ishlari boshlanib ketdi.

Uning sandallari hamda yopinchig‘i bir kundan so‘ng topilgan. Mahalliy aholi tevarak atrofni sinchiklab qarashganda qorni qimirlamay yotgan bahaybat pitonni ko‘rishdi.

Mahalliy politsiya boshlig‘i Hamkaning AFP agentligiga xabar berishicha, aholi ilon qurbonni yutib yuborganiga shubha qilib, uni o‘ldirishgan va bog‘dan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ilonni qornini ochganda, ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, ichidan jabrlanuvchining jasadi chiqqan. Ushbu hodisaning videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Indoneziyalik ayolni yutib yuborgan dahshatli piton