11:02 / 17.07.2020
3 055

Gulistonda fuqaroni 2 quti sigaret evaziga postdan o‘tkazgan IIB va Milliy gvardiya xodimlari ishdan bo‘shatildi

Gulistonda fuqaroni 2 quti sigaret evaziga postdan o‘tkazgan IIB va Milliy gvardiya xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan «Uz GAI. Platnыy proyezd so stikerom cherez blok-post» sarlavhasi ostida tarqalgan video tasvir yuzasidan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirda Guliston shahri, «Do‘stlik» mahallasining Xondamir ko‘chasidan Guliston shahar markaziga o‘tish joyida vaqtinchalik tashkil etilgan karantin blok-postida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar organi xodimi video tasvirga olgan fuqaroning stikeri borligi haqidagi vajiga qaramasdan, blok-postdan o‘tib ketishi uchun 2 quti “KENT-6” nomli sigaret olib kelishini aytib, fuqaro sigaret olib kelganidan so‘ng karantin blok postga xizmatga jalb qilingan Milliy Gvardiya xodimi aytilgan sigaretlarni olib qolib, fuqaroni blok postdan o‘tib ketishiga ruxsat berganligi holati aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra 3 nafar rahbar xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilib, 1 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 1 nafar xodim esa Ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, qat’iy intizomiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi, deyiladi Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulistonda fuqaroni 2 quti sigaret evaziga postdan o‘tkazgan IIB va Milliy gvardiya xodimlari ishdan bo‘shatildi