16:00 / 17.07.2020
1 982

Sergeli hokimi aholiga murojaat qildi: "Tumanda barcha dori zaxiralari shakllantirilgan" (video)

Sergeli hokimi aholiga murojaat qildi: "Tumanda barcha dori zaxiralari shakllantirilgan" (video)
Sergeli tumanida barcha dori zaxiralari shakllantirilgan. Bular orasida 61 turdagi zaruriy dorilar mavjud. Hududdagi 104ta dorixonada ham narx-navo qat’iy nazoratga olingan.
Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov tuman aholisiga murojaat qildi.

Hokim koronavirus pandemiyasi jiddiylashib borayotgan bir paytda aholi orasida kasallanganlar ko‘payib borayotganini, kasallik tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda karantin qoidalariga rioya qilmayotganlar ham ko‘payib borayotganini qayd etdi.

«Hurmatli fuqarolar, hozirgi kunda biz o‘zimizni va yaqinlarimizni ehtiyot qilishimiz kerak. Sizlardan o‘zingizni asrashingizni, karantin qoidalariga rioya qilib, tibbiyot xodimlarining barcha ko‘rsatmalariga amal qilishingizni so‘rayman», dedi Baxtiyor Shamuratov o‘z murojaatida.

Uning ta’kidlashicha, ayni paytda tumanning 4ta sektorida call-center’lar ishlab turibdi. Mazkur sektorlarga tuman hokimi, tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari biriktirilgan. Sektorlardagi call-center’larga fuqarolar o‘zlari yoki oilasiga oid, mahalla va tumandagi vaziyat bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilishi mumkin.

«Shuningdek, tumandagi 6ta poliklinikada ham alohida call-center’lar ishlamoqda. Ularga telefon qilib, uyda davolanish shartlari, qanday dorilar ichish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot olishingiz mumkin», dedi hokim.

Bundan tashqari, Sergeli tuman hokimining ma’lumot berishicha, tumanda barcha dori zaxiralari shakllantirilgan. Bular orasida 61 turdagi zaruriy dorilar mavjud. Hududdagi 104ta dorixonada ham narx-navo qat’iy nazoratga olingan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha ham tuman zaxirasi yetarli.

Sergeli tumani tibbiyot birlashmasi qoshidagi Covid-19 tezkor shtabi telefon raqamlari:
71-281-82-36
71-208-72-23

Sergeli tumani sektor rahbarlari shtablari telefon raqamlari:
1-sektor: 71-257-97-00
2-sektor: 71-202-07-61
3-sektor: 71-257-00-01
4-sektor: 71-258-29-02

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergeli hokimi aholiga murojaat qildi: "Tumanda barcha dori zaxiralari shakllantirilgan" (video)