15:00 / 17.07.2020
1 913

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun manzilli uchrashuvlar tashkil etilmoqda

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun manzilli uchrashuvlar tashkil etilmoqda
Ma’lumki, Prezidentimizning 2020 yil 8 iyundagi qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan, qo‘lida kasb-hunari bor fuqarolarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlarining ro‘yxati 24 tadan 67 taga oshirildi.

Davlatimiz rahbarining mazkur qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini fuqarolarga yetkazish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy inspeksiyalari vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, ular tomonidan karantin qoidalariga amal qilingan holda qator manzilli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Qibray tumani hamda Chirchiq shaharlarida tashkil etildi.
Unda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ya’ni, sartarosh, novvoy, duradgor, tikuvchi kabi o‘nlab kasb egalari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

- Bugungi uchrashuvda o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxslarga hukumat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar keng tushuntirildi, - deydi Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, ishchi guruhi rahbari Rajamat Tursunboyev. - Birgina Qibray tumanida yil oxiriga qadar 1736 nafar, iyul oyining so‘ngiga qadar esa 260 nafar shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kungacha bu ko‘rsatgich 574 nafarni tashkil etmoqda. Maqsadimiz o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni hisobga olish va ularga amaliy ko‘mak berishdan iborat.

- Bugungi uchrashuvdan so‘ng “ Soliq” mobil ilovasi orqali masofadan turib bepul ro‘yxatdan o‘tdim, - deydi Qibray tumani Do‘rmon MFY Rohat ko‘chasi 10-uyda istiqomat qiluvchi sartarosh Baxrom Iskandarov. - Endilikda mehnat faoliyatim qonuniy qayd etilib, ish stajiga ega bo‘laman.

Uchrashuv davomida fuqarolarga qarorning mazmun-mohiyati aks etgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Manzilli uchrashuvlar davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun manzilli uchrashuvlar tashkil etilmoqda