08:20 / 19.07.2020
2 192

Jizzaxda qarzini qaytarmaslik uchun tanishini o‘ldirib, ko‘mib yuborgan shaxs aniqlandi

Jizzaxda qarzini qaytarmaslik uchun tanishini o‘ldirib, ko‘mib yuborgan shaxs aniqlandi
Jizzaxda qarzini qaytarmaslik maqsadida tanishini o‘ldirib, ko‘mib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaga ko‘ra, 12 iyul kuni Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 1982 yil tug‘ilgan M.Sh. murojaat qilib, akasi 1964 yil tug‘ilgan M.B.ning yo‘qolib qolganligini bildirgan.

Fuqaro M.B. maktabgacha ta’lim tashkiloti sport to‘garagi tarbiyachisi bo‘lib ishlab kelgan. U 8 iyul kuni soat 02:00 lar atrofida mahallasi hududida sport bilan shug‘ullanish uchun yugurishga chiqib izsiz yo‘qolgan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari o‘tkazilgan. Natijada Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi 1987 yil tug‘ilgan T.A. fuqaro M.B.ning bosh va ensa sohasiga qattiq to‘mtoq jism bilan urib, Obod mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi ro‘parasidagi chuqurga ko‘mib yuborgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, u marhum M.B.dan pul qarzi bo‘lgan, qarzdorlikni qaytarmaslik uchun mazkur qotillikka qo‘l urgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda qarzini qaytarmaslik uchun tanishini o‘ldirib, ko‘mib yuborgan shaxs aniqlandi