12:20 / 19.07.2020
2 419

Haydovchisining uxlab qolishi oqibatida Qamchiq dovonida 2 yuk mashinasi to‘qnashdi

Haydovchisining uxlab qolishi oqibatida Qamchiq dovonida 2 yuk mashinasi to‘qnashdi
Joriy yilning 18 iyul kuni, soat 02:05larda “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, A-373, M-39 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 242 km “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “ISUZU” yuk rusumli avtomashina haydovchisining uxlab qolishi oqibatida, oldinda harakatlanib ketayotgan “SAMS” rusumli yuk avtomashinasining orqasiga borib urilgan.

“ISUZU” avtomashinasida haydovchi va sherigi bo‘lib, natijada ikkala fuqaro ham tan jarohati olganligi aniqlangan.
Qutqaruvchilar tomonidan gidravlik asbob-anjomlar yordamida siqilib qolgan haydovchi va sherigi yuk avtomashinasidan chiqarib olinib, hayoti saqlab qolindi. Tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatilib, Pop tumani markaziy shifoxonasiga olib ketilgan.

Haydovchilarga dovonda harakatlanib ketayotgan vaqtda hushyorlikni yanada oshirishlarini va yo‘llarda to‘xtab dam olishlarini so‘rab qolgan bo‘lar edik. Shunda ular yuqoridagidek yo‘l transport hodisalarining kamayishiga va sodir bo‘lmasligiga o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lardi", – deyiladi “Qamchiq” MQYOQB Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi xabarnomasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchisining uxlab qolishi oqibatida Qamchiq dovonida 2 yuk mashinasi to‘qnashdi