20:30 / 19.07.2020
4 452

«Odamlar koronavirus yuqib qolsa ham vahima qilmasin. Oddiy shamollashdek o‘tib ketadi» — shifokor

«Odamlar koronavirus yuqib qolsa ham vahima qilmasin. Oddiy shamollashdek o‘tib ketadi» — shifokor
Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori Nuriddin Zohidovning fikricha, COVID-19 kasalligi «ko‘pchilik odamlarda shamollashdek o‘tib ketadi». U bu haqda 18 iyul kuni «O‘zbekiston 24» telekanalining «COVID-19. Vaziyat» dasturiga jonli efirda bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Odamlar, birinchi navbatda, qo‘rqmasin. O‘zlarida bor kasallikni biladi, hamma dorilar bor — dorilarni vaqtida ichishsa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Ammo, iltimos — vahima qilishmasin, qo‘rqishmasin. Koronavirus yuqib qolsa ham. Ha, yuqib qolibdi, ko‘pchilikda u oddiy shamollashdek o‘tib ketadi. Shuning uchun qo‘rqishmasin, vahima qilishmasin. O‘tib ketadigan narsa. Bo‘ldi», — dedi shifokor.

Nuriddin Zohidov nimaga asoslanib koronavirus infeksiyasi ko‘pchilikda oddiy shamollashdek o‘tib ketayotgani haqida gapirgani ma’lum emas. Qayd etish joiz, so‘nggi kunlarda nafaqat koronavirus, balki pnevmoniya holatlaridan fuqarolarning vafot etish holatlari ko‘paygan. Xususan, rejissyor Sarvar Karimov otasi koronavirusdan vafot etgani, u bir hafta davomida tez yordam chaqira olmaganini ta’kidlagan edi.

«Bir hafta uyda davoladik. 103 ga telefon qilsak, bemorning isitmasi bo‘lsa, kelolmaymiz deyishdi», — deb yozgan edi Sarvar Karimov. Qayd etish joiz, shifokor Nuriddin Zohidov «O‘zbekiston 24» telekanalining «COVID-19. Vaziyat» dasturiga bergan xuddi shu intervyusida so‘nggi vaqtlarda Toshkentda tez yordam xizmatiga tana harorati ko‘tarilishi bilan bog‘liq chaqiruvlar ko‘payganini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Odamlar koronavirus yuqib qolsa ham vahima qilmasin. Oddiy shamollashdek o‘tib ketadi» — shifokor