10:14 / 20.07.2020
2 228

O‘zbekistonda muhtojlarga yordam ko‘rsatuvchi Telegram-bot ishga tushirildi

O‘zbekistonda muhtojlarga yordam ko‘rsatuvchi Telegram-bot ishga tushirildi
«Troll.uz» loyihasi rahbari Umid G‘ofurov tashabbusi bilan Telegram’da muhtojlarga yordam berishga mo‘ljallangan «Yaqinlar» boti ishga tushirildi. Bot g‘oyasi muallifining so‘zlariga ko‘ra, bot muhtojlar va yordam berish niyatida bo‘lgan insonlar uchun servis maydoncha vazifasini o‘taydi, deb xabar beradi «Gazeta.uz»ga tayanib Daryo.

«Barchamiz bilamizki, ko‘pchilik ishsiz qoldi va ularda oddiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga ham mablag‘ yo‘q. Shu sababli ‘Yaqinlar’ botini ishga tushirdik. U yaqin atrofingizda yordamga muhtoj insonlarni ko‘rsatadi. Agarda siz kimgadir yordam bermoqchi bo‘lsangiz yoki aksincha, yordamga muhtoj bo‘lsangiz quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin», — deydi Umid G‘ofurov.

19 iyul soat 15:30 holatiga ko‘ra, botdan 10 mingga yaqin odam foydalangan. Yordamga muhtoj sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 3097 kishini tashkil etmoqda va ularning 2533 nafariga yordam ko‘rsatilgan. Yana 70 dan ortiq odam yordam kutmoqda, 493 ta ariza ma’qullanmagan (arizalar qaytalangan, ayrimlar esa shunchaki botning ishlashini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lgan).

Umid G‘ofurovning ta’kidlashicha, bot biror bir xayriya tashkiloti nomidan ishga tushirilmagan va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi, jarayonda faqatgina oddiy insonlar ishtirok etadi. Yordam yetib borishi kafolatlanmagan. «Barchasi foydalanuvchilarga bog‘liq», — deydi g‘oya muallifi.

Yordamga muhoj insonlar aynan nima kerakligini yozib qoldirishlari mumkin: qanaqa oziq-ovqat mahsulotlari yoki dori vositalari. «Foydalanuvchilardan pul so‘rash yoki plastik kartalarga pul o‘tkazishni tavsiya qilmaymiz, biroq boshqa tomondan olib qaraganda — bu yordam berishning eng xavfsiz yo‘li. Shu sababli o‘zingiz hal qiling», — deydi u.

Umid G‘ofurovning so‘zlariga ko‘ra, botni yaratishga pul sarflanmagan, biroq arizalarni ko‘rib chiqayotgan moderatorlarga oylik to‘lanadi.

«Yaqinlar» g‘oyasi muallifining tan olishicha, moderatorlar ariza beruvchi rostdan ham yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligini tekshira olmaydi, shu sababli yordam ko‘rsatish niyatiga bo‘lganlar o‘zlari qo‘ng‘iroq qilib va shunga qarab qaror qabul qilishlari kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda muhtojlarga yordam ko‘rsatuvchi Telegram-bot ishga tushirildi