16:48 / 20.07.2020
2 277

Bank foydasiga qarzdorlik undirildi

Bank foydasiga qarzdorlik undirildi
Bog‘ot tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 4 iyundagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “HAZORASP PAXTATOZALASH” AJ dan undiruvchi ATB AGROBANK Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi foydasiga 531.740.000 so‘m qarzdorlik undirish belgilangan.

Mazkur qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Hazorasp tuman bo‘limi ish yurituviga 2020 yil 18 iyunda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lumot uchun yuborilgan.

Byuroning Hazorasp tuman bo‘limi xodimlarining mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida olib borgan ijro xarakatlari xamda tushuntirish ishlari natijasida qarzdorlik to‘liq undirilib, ATB Agrobank Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi hisob raqamiga o‘tkazib berilib, ijro hujjati tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank foydasiga qarzdorlik undirildi