06:27 / 21.07.2020
3 038

Qamashi tumanida jami 53 kishi koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

Qamashi tumanida jami 53 kishi koronavirusga chalingani ma’lum qilindi
Foto: Qamashi tuman hokimligi
Qamashi tumani hokimi Sherali Sanayev tuman aholisiga murojaat qildi.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda tumanda koronavirusdan kasallanganlar soni 53 nafarni, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 33 nafarni tashkil etadi. 20 nafar davolanayotgan bemorlar orasida bir nafarining ahvoli og‘ir.

Shuningdek, Qamashida 403 kishi karantinda ekani, tuman dorixonalarida 3 milliard 125 million 400 ming so‘m miqdordagi dori-darmon zaxirasi borligi aytildi.

Ma’lumot uchun, iyul oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda Qamashida koronavirus tarqalgani haqida xabarlar ko‘paygach, bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy axborot bergandi. 4 iyul holatiga e’lon qilingan o‘sha axborotda tumanda bir nechta fuqaro kuchaytirilgan tibbiy nazoratga olinib, ulardan koronavirusga test olingani va tibbiy xulosalarga ko‘ra, koronavirus qayd etilmagani ma’lum qilingandi.

8 iyul kuniga kelib, Qashqadaryo viloyat maxsus komissiyasining axborotida Qamashi tumanida 11 nafar fuqaroda kasallik qayd etilgani ko‘rsatilgan.

Shuningdek, 11 iyul kuni G‘uzor tumanidagi karantin markazida Qamashi tumanida yashovchi fuqaro qochib ketib, uyiga kelgani xabar qilindi. Mazkur holat ham aholida yana tumanda kasallik ko‘paygani borasida xavotirlar uyg‘onishiga sabab bo‘ldi.

Shu boisdan tuman hokimining 20 iyuldagi murojaati va axboroti ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamashi tumanida jami 53 kishi koronavirusga chalingani ma’lum qilindi