11:43 / 21.07.2020
2 323

Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi antibiotiklar inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi antibiotiklar inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Foto: «Yandeks Dzen»
XX asrda antibiotiklar insoniyatda kuzatilgan bir qancha kasalliklarga davo bo‘lgan. Bugunga kelib esa turi ko‘payib ketgan antibiotiklar iste’mol mahsulotlari tarkibida ham yo‘q emas. Ular foydami yoki zarar? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Go‘sht
Hayvonlar ham kasal bo‘lishi mumkin, kasallikka chalinishining oldini olish maqsadida esa antibiotiklardan foydalaniladi. Masalan, sigirda uchraydigan mastit kasalligi va hayvonlar tez vazn yig‘ishi uchun ham medikamentlar qo‘llaniladi. Antibiotiklardan, shuningdek, tayyor hayvon mahsulotlarining uzoq vaqt saqlanishi uchun qayta ishlashda ham foydalaniladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Sut va tuxum
Sutda antibiotik miqdori yuqori bo‘lib, pasterizatsiya jarayonida biroz kamayishini aytmasa, uning koni bo‘lib qolaveradi. Tovuqlarning semirishi va o‘sishi uchun ham aksar hollarda medikamentlardan foydalanilgani sabab ham tuxumda antibiotik go‘sht va sut singari mo‘l bo‘ladi.

Baliq
Fermer xo‘jaliklarida yetishtiriladigan baliqlarda dengiz yoki daryodagi baliqlardan ko‘proq kasallikka moyillik bo‘lgani uchun ularga antibiotik beriladi. Shunga qaramasdan, yetishtiriladigan baliqlarda turli antibiotiklarga chidamli bakteriyalar aniqlangan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Asosan qanday antibiotiklardan foydalaniladi?
Asosan penitsillin va tetrasiklin qatoriga kiruvchi, shuningdek, streptomitsin va xloramfenikoldan foydalaniladi. Tetrasiklindan hayvonlarni o‘stirish va mahsulotlarning uzoq muddat saqlanishini ta’minlash uchun ishlatiladi. Lekin inson salomatligi uchun ushbu antibiotik xavf tug‘dirishi mumkin. Uzoq vaqt davomida yoki keragidan ortiq qabul qilinishi oqibatida eshitish yomonlashishi, allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi, disbakterioz va gastrit kelib chiqishi mumkin.

Nima uchun iste’mol mahsulotlari tarkibidagi antibiotiklar bu qadar zararli?
Antibiotiklar oldingidek samarali ta’sir qilmay qo‘ygan, avvallari shifo sifatida tavsiya qilingan dorilar bugunga kelib o‘sha infeksiyalar qarshisida ojizlik qilmoqda. Antibiotikorezistentnost tufayli insonlarning vafoti to‘g‘risidagi statistika ham yo‘q emas. Kerak bo‘lmagan vaqtda, oziq-ovqat mahsulot ishlab chiqaruvchilarining hayvonlarni kattalashtirish uchun katta miqdorda antibiotikdan foydalanadi. Buning oqibatida esa inson organizmi virusli kasalliklar bilan kurasha olmay qoladi. Bu, ayniqsa, bolalar uchun xavfli sanaladi. Shuningdek, go‘sht, sut va boshqa mahsulotlarda antibiotiklar mavjudligi bronxospazm, allergiya hamda ichak-hazm jarayoni bilan bog‘liq kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Nima qilish mumkin?
Mutaxassislar ishonchli va tekshirilgan kompaniyalar mahsulotlarini xarid qilishni, baliq mahsulotlarini fermada yetishtirilganini sotib olmaslik va barcha mahsulotlarning saqlanish muddatiga e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi. Agar saqlanish va ishlab chiqarilgani vaqt o‘rtasida ancha muddat bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilar antibiotikdan foydalangani ehtimoli yuqori bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi antibiotiklar inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?