17 iyul kuni «Davergeodezkadastr» tizimidagi 9 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Shumanay, Taxtako‘pir, Beruniy, Ellikqal’a tumani va Nukus shahri, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hamda Buxoro viloyatining Kogon tuman «Yermulkkadastr» korxonalari rahbar va xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
«Davergeodezkadastr» qo‘mitasida 10 iyul kuni respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi. Qo‘mita ishdan bo‘shatilgan xodimlar o‘z lavozimini suiiste’mol qilgani, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan yondashib, tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmaganligi va eng asosiysi xalqning muammolarini chuqur o‘rganib yechim topmaganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining yangi raisi Halilillo To‘raxo‘jayev jamoatchilikka murojaat qilib, kadastr sohasini shaffof, korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish uchun fuqarolardan yordam so‘ragan edi.
Halilillo To‘raxo‘jayev «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi faoliyatidagi muammolar, hal etilmagan ishlar, byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan, shuningdek, mazkur yo‘nalishni rivojlantirish, takomillashtirish bo‘yicha g‘oya va takliflarga ega o‘zbekistonliklar bilan ochiq muloqotga tayyorligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi