17:46 / 21.07.2020
2 673

O‘zbekistonda koronavirusga oid «Tez yordam» televizion loyihasi ish boshladi

O‘zbekistonda koronavirusga oid «Tez yordam» televizion loyihasi ish boshladi
«Milliy TV» telekanali Mass-media fondi, Kun.uz va boshqa bir qator elektron OAVlar bilan birgalikda O‘zbekiston aholisining koronavirus haqidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan «Tez yordam» teledasturi namoyishini boshladi.

O‘zbekistonda kovid-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Shunday sharoitda aholining koronavirusga oid yetarli va to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

Alomatlari bo‘lgan va bu kasallik o‘zida bor deb taxmin qiladiganlarning hammasi ham shifokor bilan to‘la maslahatlasha olmayapti, ba’zida tez yordamdan ham tezkor yordam bo‘lmayotgani bu odamda vahima uyg‘otadi, bu esa vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

«Tez yordam» dasturidan maqsad – yordamga muhtojlarni tinchlantirish, ularga zarur maslahatlarni berish va ko‘mak ko‘rsatish.

Koronavirus uchun dori hali mavjud emas, ammo o‘z vaqtida to‘g‘ri ma’lumotga ega insonni kasallikka qarshi qurollangan deyish mumkin. Sog‘ayish uchun oltin oraliqni ushlash kerak – vahimaga berilmaslik, shu bilan birga kasallikka yengil qaramasligi kerak.

Dasturga koronavirus haqida boshlovchi va tomoshabinlarning savollariga javob beruvchi tibbiyot mutaxassislari taklif etiladi:

Ra’no Qosimova – Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi
Dildora Sekler – virusolog, molekular genetik tadqiqotlar bo‘yicha mutaxassis, tibbiyot fanlari nomzodi
Aziza Xo‘jayeva – Defactum Laboratories tibbiyot klinikasida klinik immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi
Dastur boshlovchisi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov.

Dastur har kuni soat 18:00da «Milliy TV» kanali va Mass-media fondining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jonli efirda namoyish etiladi.

Savollarni +998977578080 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali berish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga oid «Tez yordam» televizion loyihasi ish boshladi