06:28 / 22.07.2020
2 651

Shifokor: Koronavirusga chalingan bemor kuniga uch litr suyuqlik ichishi kerak

Shifokor: Koronavirusga chalingan bemor kuniga uch litr suyuqlik ichishi kerak
«Tez yordam» dasturining navbatdagi sonida Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra’no Qosimova koronavirus bemorlari ko‘proq suv ichishi kerakligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mutaxassisning tushuntirishicha, harorat ko‘tarilgan paytda odamning tanasidagi suyuqlik ter va chiqindilar bilan tanadan chiqib ketadi va bu jarayon tanadagi holsizlik, yomon hislar kamayishi va harorat tushishiga yordam beradi.

«Suyuqlikni ichish va tomir orqali yuborish mumkin. Bemor qayt qilsa, suyuqlik ichishga holi bo‘lmasa yoki juda og‘ir ahvolda bo‘lsa, tomir orqali suyuqlik yuboriladi. Agar bemor o‘zi suv icholsa, kuniga 3 litr miqdorda suyuqlik ichishi kerak. Agar ortiqcha miqdorda suyuqlik ichsa, odamning ko‘ngli aynishi, buyragiga bosim tushishi mumkin. Lekin tez-tez va kam-kamdan suyuqlik ichilsa, suv yaxshi so‘riladi», – dedi Ra’no Qosimova.

U, shuningdek, koronavirusga chalinib, uyida davolanayotgan bemorlarni shifokor maslahatisiz davolash kurslari olmaslikka chaqirdi.

«Juda ko‘p bemorlar telefon orqali maslahat so‘rashadi va hozirgacha 2 martalab muolaja kursi olgan bo‘lsa-da, tana harorati tushmayotganini aytishadi. Lekin bemorlarga muolaja kursini yozib bergan shifokor u tuzalguncha qat’iy nazorat olib borishi kerak.

Ba’zida qo‘ng‘iroq qilgan bemorlar davolash kursini hech qaysi shifokor bilan maslahatlashmasdan olganini, o‘zidan oldin kasal bo‘lgan amma yoki xolasi yoxud qaysidir boshqa tanishi olgan muolaja kursini olganini aytadi. Biroq o‘sha muolaja kursini olgan odamning yoshi va bemorning yoshi bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun boshqalarning muolaja kursiga qarab dori qabul qilish qat’iy man qilinadi
», – dedi shifokor.

Qayd etilishicha, bemorlarda tana harorati 38,5 darajaga ko‘tarilguncha dori ichmasliklari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokor: Koronavirusga chalingan bemor kuniga uch litr suyuqlik ichishi kerak