14:30 / 22.07.2020
2 247

Qo‘shtepadagi 10 yil murosaga kelolmagan oilani MIBchilar yarashtirdi

Qo‘shtepadagi 10 yil murosaga kelolmagan oilani MIBchilar yarashtirdi
Qo‘shtepa tumani Balandmasjid qishlog‘ida yashovchi A.Xolxodjayev va turmush o‘rtog‘i F.Xolxodjayevalar o‘rtasida qurilgan oilaga 2010 yilda darz ketgan bo‘lib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudi 11.05.2010 yildagi sud buyrug‘i bilan otaning zimmasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandning ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini yuklagan edi.

Oradan 10 yil o‘tib joriy karantin vaqti ota va ona o‘zaro munosabatlari haqida o‘ylab ko‘rishlari uchun yetarli muddat bo‘ldi hamda ular bilan Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tushuntirish ishlari natijasida ular o‘zaro yarashtirilib, buzilgan yana bir oila tiklandi.

Yoki, Qo‘shtepa tumani Qamishtepa qishlog‘ida yashovchi S.Sobitov va Sh.Sobitovalar joriy yilning mart oyida o‘zaro ajrashib ketishgan va 16.03.2020 yildagi sud buyrug‘i asosida aliment to‘lash belgilangan.

Bo‘limga taklif etilgan qarzdor S.Sobitov va undiruvchi Sh.Sobitovalar bilan tushuntirish ishlari natijasiga ko‘ra ularning oilasi hech qanday aliment to‘lovisiz qayta tiklanib, butun oila sifatida uyga kuzatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘shtepadagi 10 yil murosaga kelolmagan oilani MIBchilar yarashtirdi