2020/21 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasasida tahsil olish uchun 1 milliondan ortiq abituriyent hujjatlarni qabul komissiyasiga topshirgan. DTM abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat topshirilgan oliy ta’lim muassasalari yuqori beshligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra:
1. Samarqand davlat universiteti – 75 ming 325 nafar, shundan 32 903 nafari kunduzgi, 4 380 nafari kechki, 38 042 nafari sirtqi.
2. Qarshi davlat universiteti – 58 ming 118 nafar, shundan 24 432 nafari kunduzgi, 33 686 nafari sirtqi.
3. Andijon davlat universiteti – 57 ming 498 nafar, shundan 28 387 nafari kunduzgi, 29 111 nafari sirtqi.
4. Urganch davlat universiteti – 53 ming 255 nafar, shundan 25 471 nafari kunduzgi, 27 784 nafari sirtqi.
5. Termiz davlat universiteti – 51 ming 787 nafar, shundan 26 397 nafari kunduzgi, 394 nafari kechki, 24 996 nafari sirtqi.
Eng katta konkurs (birinchi tanlangan ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- Andijon tibbiyot instituti – 1 o‘ringa 27,81 tani.
- Toshkent davlat yuridik universiteti – 1 o‘ringa 24,35 tani;
- Toshkent tibbiyot akademiyasi – 1 o‘ringa 24,2 tani.
- Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 1 o‘ringa 22,58 tani.
- Navoiy davlat konchilik instituti – 1 o‘ringa 19,5 tani tashkil etdi.
Abituriyentlar quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazildi:
- Samarqand davlat universitetining “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli o‘zbek guruhiga – 9 013 nafar;
- Qarshi davlat universitetining “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli o‘zbek guruhiga – 7 945 nafar;
- Samarqand davlat universitetining “Maktabgacha ta’lim” ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli o‘zbek guruhiga – 7 890 nafar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi