17:56 / 22.07.2020
2 143

Endi bola tug‘ilganda birdaniga poliklinikaga hisobga olinadi, bog‘chaga joylashtirish uchun ro‘yxatga qo‘yiladi, propiskaga qo‘yiladi

Endi bola tug‘ilganda birdaniga poliklinikaga hisobga olinadi, bog‘chaga joylashtirish uchun ro‘yxatga qo‘yiladi, propiskaga qo‘yiladi
Davlat xizmatlari agentligi direktori o‘rinbosari No‘’mon Muhammadiyev Kun.uz muxbiriga davlat xizmatlari markazlarida sinov tariqasida kompozit xizmatlarni ishga tushirilishi kutilayotgani, bunda fuqaro bitta ariza berish evaziga bir nechta xizmatdan biryo‘la foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishini ma’lum qildi.

«Yaqinda sinov tariqasida kompozit xizmatlarni ishga tushiramiz. Kompozit xizmat nima degani? Bunda fuqaro bitta ariza berish evaziga bir nechta xizmatdan biryo‘la foydalanadi. Masalan, bola tug‘ilganda unga biryo‘la beshta, ya’ni tug‘ilganlik haqida guvohnoma olish, bir martalik suyunchi puli olish, oilaviy poliklinikaga hisobga qo‘yish, bolani bog‘chaga joylashtirish uchun ro‘yxatga qo‘yish, propiskaga qo‘yish xizmatlari ko‘rsatiladi.

O‘tgan hafta juma kuni ishga tushirishimiz kerak edi, belgilangan muddatdan biroz kechga qoldik. Idoralar bilan integratsiya masalasida ayrim texnik masalalarni hal qilish kutganimizdan ko‘proq vaqt talab qildi. 24 iyul kuni kompozit xizmatlarini test shaklida ishga tushirmoqchimiz
», dedi No‘’mon Muhammadiyev.

Yanvar oyida o‘z ichiga tug‘ilishni ro‘yxatga olish, farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa to‘lanishi, bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga ro‘yxatga qo‘yish kabi xizmatlarni olgan kompozit xizmatni joriy etish ustida ishlar olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi bola tug‘ilganda birdaniga poliklinikaga hisobga olinadi, bog‘chaga joylashtirish uchun ro‘yxatga qo‘yiladi, propiskaga qo‘yiladi