00:26 / 23.07.2020
2 486

O‘zbekistonda koronavirus emas, o‘lat tarqalgani haqidagi gaplar rad etildi

O‘zbekistonda koronavirus emas, o‘lat tarqalgani haqidagi gaplar rad etildi
O‘zbekistonda koronavirus emas, balki o‘lat tarqalgani haqidagi mish-mishlar mutlaqo asossiz, deb ma’lum qildi mamlakatning bosh infeksionisti Erkin Musaboyev.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar, xususan Telegram messenjeridagi ko‘plab guruhlarda O‘zbekistonda COVID-19 kasalligi emas, o‘lat avj olayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. O‘zbekistonning bosh infeksionisti Erkin Musaboyevning so‘zlariga ko‘ra, bu xabarlar butkul asossiz.

Musaboyevning aytishicha, mamlakatda o‘latga chalinish bilan bog‘liq so‘nggi holat 1996 yilda qayd etilgan bo‘lib, shundan buyon biror marta kuzatilmagan.

«O‘lat (chuma) juda qo‘rqinchli holat hisoblanadi. Bir necha asrlar avval kuzatilgan bu kasallik juda ko‘p o‘limlarga olib kelgan. O‘lat – antroponoz kasallik, ya’ni uning tarqalishi uchun tabiiy o‘choq kerak. Bu tabiiy o‘choq cho‘l zonalarida bo‘lishi mumkin. Uning tarqatuvchilari kemiruvchilar – kalamush, burga kabilar bo‘ladi. Ular mikrob tarqatib, odamlarga ham yuqtiradi.

O‘zbekistonda kemiruvchilarni nazorat qiluvchi karantin stansiyalari mavjud. Kemiruvchilar ko‘payib ketgan taqdirda, ularni tekshirishadi va kamaytirishadi.

O‘zbekistonda odamlarda 1996 yilda o‘lat kuzatilgan, shundan beri o‘tgan 24 yil ichida kuzatilgani yo‘q. O‘latning o‘chog‘i cho‘l zonasida. Koronavirus esa ko‘rib turganimizdek, shahar zonalarida – aholi konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan hududlarda keng tarqalmoqda
», – dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysi 22 iyul kuni «Tez yordam» dasturida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus emas, o‘lat tarqalgani haqidagi gaplar rad etildi