10:37 / 23.07.2020
2 763

Samarqandda bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Samarqand viloyat IIB
Samarqand viloyat Kattaqo‘rg‘on shahar IIB hamda DXX xodimlari tomonidan yetti nafar voyaga yetmagan o‘g‘il-qizlarga diniy saboq berib kelayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1972 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan fuqaro S.M. o‘zining yashash uyida Kattaqo‘rg‘on shahri hududida istiqomat qiluvchi yetti nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berayotganligi aniqlangan.

Fuqaro S.M. 9-17 yoshlarda bo‘lgan bolalarga hujra ko‘rinishida shart-sharoit yaratgan holda tegishli davlat organlarining ruxsatisiz, noqonuniy ravishda diniy ta’lim berib kelgan.

Tadbir davomida voqea joyidan yetti dona arab yozuvidagi diniy adabiyot, yetti dona arab yozuvi bo‘lgan daftar, olti dona arab yozuvidagi varaq ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotgan shaxs qo‘lga olindi