10 505
Munisa Rizayeva ota-onasi pnevmoniyaga chalingani, ularning ahvoli og‘ir ekanligini ma’lum qildi
Foto: Instagram / @munisarizayeva
Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’da jonli efirga chiqib, o‘zi, ota-onasi kasal ekanligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ayniqsa, ota-onasining ahvoli og‘ir. Xonanda 21 iyul kuni kislorod apparati izlayotgani, ushbu uskuna shahar shifoxonalarida qolmaganini bildirgan edi.
«Iltimos, o‘zingiz va oila a’zolaringiz salomatligini asrang. Hech qayerga chiqmang. Nafaqat koronavirus, undan ham yomon kasallik chiqqan. Onam ham, otam ham — hammamiz kasalxonadamiz. Pnevmoniya — eng yomon kasallik. Juda ham ko‘p insonlar pnevmoniya bilan kasallanmoqda. Ota-onam juda og‘ir ahvolda», — deydi Munisa Rizayeva.
Xonanda Instagram’dagi Stories’ga Akfa Medline xususiy klinikasida ukol olayotgani aks etgan videolar joylashtirdi.
Avvalroq aktrisa Muqaddas Xoliqova, xonanda Kaniza, rejissyor Sarvar Karimov va uning oilasi, «Benom» guruhi xonandasi Komil koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»