19:00 / 23.07.2020
2 538

Andijondagi YTHda ona va bola halok bo‘ldi

Andijondagi YTHda ona va bola halok bo‘ldi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Bugun, 23 iyul kuni soat 10:00 larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, Qurama MFY hududidan o‘tuvchi A-373 «Toshkent-O‘sh» xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 485-kilometrida mudhish YHT sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan F.A. «Neksiya 3» rusumli transport vositasini boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 1980 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi «Spark» bilan to‘qnashgan. Shu vaqtda yana bir haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan N.T. «Spark» harakatlanib kelib «Neksiya 3» avtomobiliga urilgan.

YHT natijasida dastlabki to‘qnashuv ishtirokchisi — «Spark» haydovchisi A.A. hamda uning onasi —1958 yilda tug‘ilgan F.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchisi 1986 yilda tug‘ilgan D.X. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi YTHda ona va bola halok bo‘ldi