18:17 / 23.07.2020
2 909

O‘zbekistonda yana 172 kishida koronavirus aniqlandi. Bu holatlarning yarmi Surxondaryoda qayd etildi

O‘zbekistonda yana 172 kishida koronavirus aniqlandi. Bu holatlarning yarmi Surxondaryoda qayd etildi
O‘zbekistonda 23 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 172 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni 18 703 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining
- 84 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 65 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 16 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Surxondaryoda bir kunda 84 kishida kasallik aniqlanishi viloyat uchun antirekord hisoblanadi. Viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 427 nafarga yetdi va Surxondaryo kasallanganlar soni bo‘yicha Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridan o‘tib ketdi. Hozirda Surxondaryo viloyati Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan so‘ng o‘lim holatlari bo‘yicha uchinchi o‘rinda turibdi. Viloyatda hozirga qadar 6 kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra 152 kishida koronavirus aniqlanib, kasallanganlar soni 18 531 nafarga yetgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yana 172 kishida koronavirus aniqlandi. Bu holatlarning yarmi Surxondaryoda qayd etildi