22:53 / 23.07.2020
3 389

“Muzlatgichli mashina” operatsiyasi fosh bo‘ldi

“Muzlatgichli mashina” operatsiyasi fosh bo‘ldi
To‘lovlarni chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi nayrang fosh etildi.

Ya’ni fuqaro M.I. rejasiga asosan, uning nomiga xorijdan olib kelingan “HYUNDAI PORTER II rusumli muzlatgichli yuk avtomashinasi” uchun amaldagi bojxona qonunchiligi talablariga ko‘ra 348 million so‘m qiymatida imtiyoz qo‘llanilishi kerak bo‘lgan.

Biroq ko‘rik jarayonida ushbu avtotransport aslida hech qanday muzlatgich bilan ishlab chiqarilmaganligi, oddiy yuk mashinasi yukxonasiga muzlatish uchun mo‘ljallangan eski motor va muzlatgichli mashina yukxonasi eshiklari ortilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

2020 yil 16 iyul kuni soat 16:00 larda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi boshlig‘i A.Xo‘jamqulov tomonidan, ushbu bo‘lim MIB katta tezkor vakili J.Ashurov, katta inspektori B.Akramov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va O‘z xavfsizlik bo‘limi katta tezkor vakili B.Yakubov, TIFda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi guruxi bosh inspektori B.Xoliqulovlar ishtirokida hamda “Termiz” TIF bojxona posti xodimlari bilan xamkorlikda ushbu post xududida yuk jo‘natuvchi Koreya Respublikasidan “UNION MOTORS CO.LTD” tomonidan, yuk qabul qiluvchi Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Zarabog‘ mahallasi Malikov Ilxom Abdilazimovich nomiga olib kelingan “Avtomobil gruzovoy refrijeratorniy marki “HYUNDAI PORTER II” avtotransport vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 06 martdagi PQ-4230 sonli Qaroriga asosan 348 mln 7 ming 823 so‘m qiymatida bojxona to‘lovlaridan imtiyoz olgan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (1978 yil 02 oktabr kuni Sherobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali, 3 nafar farzandi bor, AV3848435 seriya raqamli pasport 05.05.2016 yilda Sherobod tumani IIB tomonidan berilgan) Malikov Ilxom Abdulazimovich tomonidan IM-40 bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun 22005/15.07.2020/0004389-raqamli BYUD bilan murojaat qilingan.

Ushbu BYUD Xavfni boshqarish tizimi orqali qizil yo‘lakka yo‘naltirilganligi sababli mazkur BYUD ning 31 grafasida ko‘rsatilgan “Avtomobil gruzovoy refrijeratorniy marki “HYUNDAI PORTER II” VIN № KMFZCY7KAHU415855, SV-Beliy, gruzopod’emnost 1000kg, MDV 133l.s, Tip DV-Dizelniy, kol.sidyach.mest-6, proiz. HYUNDAI Koreya – ves: 2900 kg, kol 1 sht”tovari bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida fuqaro I.Malikov tomonidan 348 mln 7 ming 823 so‘m qiymatdagi bojxona to‘lovlaridan imtiyoz olish maqsadida xujjatlarda refrijeratorli avtotransport vositasi deb ko‘rsatib, eski va mos kelmaydigan singan refrijerator eshiklarini hamda ustki qoplamalari zanglagan, eski bo‘lgan muzlatish mator qismlarini transport vositasiga qo‘shib olib kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Berilgan 348 mln 7 ming 823 so‘m qiymatida bojxona to‘lovlaridan imtiyoz bekor qilinib, umumiy qiymati 100 mln so‘m bo‘lgan “HYUNDAI PORTER II” rusumli avtotransport vositasi qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlovga olindi va mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Muzlatgichli mashina” operatsiyasi fosh bo‘ldi