23:53 / 23.07.2020
2 449

«Bu yangi pnevmoniya emas» - O‘zbekistonga Qozog‘istondan yangi virus kirib kelgani haqidagi gaplar rad etildi

«Bu yangi pnevmoniya emas» - O‘zbekistonga Qozog‘istondan yangi virus kirib kelgani haqidagi gaplar rad etildi
Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda vafot etayotgan aksariyat bemorlar o‘limiga Qozog‘iston hududidan kirib kelayotgan xavfli pnevmoniya sababligi borasidagi savolga javob berdi.

«Bu kabi ma’lumotlarni taqdim etayotganlar va tarqatayotganlar uchun aytmoqchiman, bu hech qanday yangi pnevmoniya emas.
Odamlarga bir narsani yetkazishni juda xohlardim. Qachonki biror-bir kasallik bo‘yicha epidemik vaziyat murakkab bo‘lib, qaysidir kasallik qo‘zg‘atuvchisi biror hududda gegemonlik qilib turar ekan, boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari bu makonga kirolmaydi.

Odamlarda bo‘lishi mumkin bir-biriga xiyonat qilish, lekin mikroorganizmlarda bu kabi xiyonat bo‘lmaydi. Shuning uchun bu gaplarning birortasi to‘g‘ri emas
», – dedi u.

Otabekovga ko‘ra, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bir guruh ekspertlari pnevmoniyaga chalingan bemorlar soni keskin oshishi sabablarini o‘rganish uchun yaqin orada Qozog‘istonga kelishi ko‘zda kutilmoqda.

«Ehtimol koronavirusga chalingan bemorlar kechikib yordam so‘ragan va ularda pnevmoniya alomatlari bordir, ammo Qozog‘istonda pnevmoniya chaqiruvchi yangi o‘tkir virus aniqlanganligi ilmiy laboratoriyalar tadqiqotlari asosida tasdiqlanmagan», dedi bosh davlat sanitariya inspektori.

Kun.uz muxbiri brifingdan so‘ng mazkur masalada Nurmat Otabekov bilan bog‘landi. U haqiqatan ham, qaysidir kasallik qo‘zg‘atuvchisi biror hududda gegemonlik qilayotgan paytda boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari bu makonga kirmasligini ta’kidladi.

«Virus va bakteriyalar orasida ham antagonizm hodisasi bor (Antagonizm [lot. antagonisma – bahs, kurash] –bir-biriga qarama-qarshi kuchlar, g‘oyalarning keskin kurashini ifodalaydigan ziddiyat. Antagonizm tushunchasi biologiya, tibbiyot, matematika, fizika va boshqa fanlarda ham qo‘llanadi. Masalan, mikroblar va dorilar antagonizmi, harakat va qarshi harakat, musbat va manfiy elektr zaryadi va boshqalar antagonizm tabiat va jamiyat hodisalarida o‘ziga xos shakl va mazmunga ega – tahr).

Virus va bakteriyalar o‘zining joyini ikkinchisiga bermaydi. Bu mikroorganizmlardagi qonuniyat va uni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham kasalliklarda mavsumiylik tushunchasi bor. Masalan, yozdagi kasallik qishda, qishdagisi esa yozda boshqasiga o‘z o‘rnini bo‘shatadi. Shundan keyin epidemik makonni egasi bo‘ladi
», deydi Nurmat Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bu yangi pnevmoniya emas» - O‘zbekistonga Qozog‘istondan yangi virus kirib kelgani haqidagi gaplar rad etildi