09:43 / 24.07.2020
5 827

Shifokor koronavirusga qarshi eng yaxshi vositani e’lon qildi

Shifokor koronavirusga qarshi eng yaxshi vositani e’lon qildi
Koronavirusni davolashdan ko‘ra virusni yuqtirishning oldini olish osonroq. Shu bois tibbiy niqobni COVID-19 ga qarshi eng yaxshi vosita deb hisoblash mumkin, dedi Arizona universiteti doktori Murtazo Axter.

Amerikalik mutaxassisning fikricha, vaksina chiqishini kamida to‘rt yil kutishga to‘g‘ri keladi. Shunda ham u barcha kasalliklarga davo bo‘lolmaydi.

«Odamlar grippga qarshi emlanadi, lekin bu ularning gripp bilan kasallanmaydi degani emas. Odamlar profilaktikani unutib, ko‘proq davolanish haqida o‘ylashini xohlamayman. Unutmang: COVIDni davolagandan ko‘ra, oldini olgan afzal. Buning uchun bizda supervosita bor! U niqob deb ataladi!» — dedi Axter 20 iyul kuni «MSNBC»ga bergan intervyusida.

Shifokorning ta’kidlashicha, niqobni mukammal deb bo‘lmaydi, lekin juda samarali. U hammani ushbu himoya vositasidan foydalanishga chaqirdi. Garchi ko‘pchilik bunga ishonmasa ham, niqobning foydasi, shubhasiz, bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokor koronavirusga qarshi eng yaxshi vositani e’lon qildi