10:24 / 24.07.2020
3 696

To‘rt hududda yangi bemorlar aniqlandi. 30 kishining ahvoli o‘ta og‘ir

To‘rt hududda yangi bemorlar aniqlandi. 30 kishining ahvoli o‘ta og‘ir
2020 yil 24 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 986 (+118) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Toshkent shahrida, 31 nafar Samarqand viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida hamda 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 149 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.
8 734 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 118 nafari og‘ir, 30 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘rt hududda yangi bemorlar aniqlandi. 30 kishining ahvoli o‘ta og‘ir