11:12 / 24.07.2020
3 409

Qozog‘iston hududidan o‘tkir virusli pnevmoniya kirib kelgani rostmi?

Qozog‘iston hududidan o‘tkir virusli pnevmoniya kirib kelgani rostmi?
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.

— Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston hududidan o‘tkir virusli pnevmoniya kasalligi kirib kelganligi va o‘lganlarning ham asosiy qismi aynan shu kasallik bilan og‘riganlari to‘g‘risida xabarlar yuribdi. Bu gaplar qanchalik haqiqatga yaqin?

— Rasmiy xabarlarga ko‘ra, iyun oyidan boshlab Qozog‘istonda yangi turdagi noma’lum pnevmoniya avj olgani va o‘lim holatlari aynan shu pnevmoniya sababli ortgan.

Shuning uchun Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bir guruh ekspertlari pnevmoniyaga chalingan bemorlar soni keskin oshishi sabablarini o‘rganish uchun Qozog‘istonga kelishi ko‘zda tutilgan.

Ehtimol koronavirusga chalingan bemorlar kechikib yordam so‘ragan va ularda pnevmoniya alomatlari bordir, ammo Qozog‘istonda pnevmoniya chaqiruvchi yangi o‘tkir virus aniqlanganligi ilmiy laboratoriyalar tadqiqotlari asosida tasdiqlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘iston hududidan o‘tkir virusli pnevmoniya kirib kelgani rostmi?