12:38 / 24.07.2020
2 645

MIB Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan 4 nafar xodim ishga tiklandi

MIB Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan 4 nafar xodim ishga tiklandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining 09.03.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, undiruvchilar I.Olakuzov, S.Xolmurodov, M.Almardanov, E.Xalilovlarni qarzdor “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga ishga tiklash belgilangan bo‘lib, ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochisi A.A’zamov tomonidan ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Qarzdor jamiyatga berilgan ixtiyoriy muddatdan so‘ng korxona rahbariga ijro hujjati talabi belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasiga asosan jarima qo‘llanilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyat tomonidan undiruvchilar I.Olakuzov, S.Xolmurodov, M.Almardanov, E.Xalilovlar 20.07.2020 yildagi buyrug‘iga asosan ish tiklangan. Ijro hujjati talabi to‘liq bajarilgan va ijro ishi yuritish tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan 4 nafar xodim ishga tiklandi