15:36 / 24.07.2020
2 220

Ekspert: «Virus blokator organizmga havo-tomchi yo‘llari va teri orqali viruslarni kirib kelishidan to‘liq himoya qila olmaydi»

Ekspert: «Virus blokator organizmga havo-tomchi yo‘llari va teri orqali viruslarni kirib kelishidan to‘liq himoya qila olmaydi»
Foto: TASS
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilovaning ta’kidlashicha, virus blokatorlar organizmga havo-tomchi yo‘llari va teri orqali viruslarni kirib kelishidan to‘liq himoya qila olmaydi. Qolaversa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, blokatorlar hech qanday foyda bermaydi.

«Darhaqiqat, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ham, aholi orasida ham viruslardan himoya kilish xususiyatiga ega blokatorlar odamlar orasida keng tarqalayotgani va ularning nojo‘ya ta’sirlari borligi haqida ma’lumotlar ko‘payib ketdi.

Mana shunday blokatorlarni taqqan odamning atrofidagi atmosfera havosini tozalashga yordam beradi va bu insonga yot jinslarning, ya’ni bakteriya va mikroblarning kelishidan himoya qiladi. Lekin organizmga havo-tomchi yo‘llari vateri orqali viruslarni kirib kelishidan to‘liq himoya qila olmaydi.

Shu sababli agar biz blokatorlarga ishonib oddiy sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmasak, ya’ni jamoat joylarida niqoblarni taqmasak, qo‘lqoplardan foydalanmasak, aholi bilan ko‘plab muloqotlarda bo‘lsak, ularning hech qanday foydasi bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun jamoat joylarida niqob va qo‘lqop taqish, tez tez qo‘lni sovunlash yuvish samaraliroq hisoblanadi
», deya Barno Odilovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mutaxassis blokatorlarning sifati talabga javob bermasligi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, ishlab chiqaruvchilar aholini aldayotgani iddao qilingan videoga munosabat bildirmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekspert: «Virus blokator organizmga havo-tomchi yo‘llari va teri orqali viruslarni kirib kelishidan to‘liq himoya qila olmaydi»