17:23 / 24.07.2020
2 396

Prokurorning sudda ish ko‘rilishi jarayonida ishtirok etish tartibi o‘zgaradi

Prokurorning sudda ish ko‘rilishi jarayonida ishtirok etish tartibi o‘zgaradi
Prezident “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, prokurorning sudda ish ko‘rilishi jarayonida ishtirok etish tartibi ilg‘or xalqaro standartlarga moslashtirish doirasida:
- Prokuror sud jarayonida ayblovdan voz kechgan taqdirda, reabilitatsiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishini tugatish;
- prokuror tomonidan taraflar murojaati mavjud bo‘lgan holdagina, suddan ishni o‘rganish uchun chaqirib olish;
- prokurorning fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko‘rilishida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishini chegaralash nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Farmon bilan sudda ishlarni ko‘rishda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etiladi.

2019 yilda 469 ta ish sudda bir necha oy ko‘rilgandan keyin dastlabki tergovdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga qaytarilgan. Endilikda ishni sudga tayinlash jarayonida 7 sutka ichida sudya mazkur masalani hal etishi mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokurorning sudda ish ko‘rilishi jarayonida ishtirok etish tartibi o‘zgaradi