00:33 / 25.07.2020
2 229

Koronavirus: Bir kunda 492ta yangi holat aniqlanib, jami holatlar soni 19 mingdan oshdi

Koronavirus: Bir kunda 492ta yangi holat aniqlanib, jami holatlar soni 19 mingdan oshdi
24 iyul kuni O‘zbekistonda yana 492 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi va jami kasallanish holatlari soni 19360taga yetdi.
«Shu yilning 24 iyul kuni mamlakatimizda 492 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun respublikaning 7 hududida yangi holatlar aniqlandi. Qatorasiga uchinchi kun kunlik o‘sish holatlari soni 500dan kam bo‘lmoqda.
Profilaktika maqsadida va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida - 492 holat.

Toshkent shahrida 250 holat;
Qashqadaryo viloyatida 141 holat;
Andijon viloyatida 35 holat;
Samarqand viloyatida 31 holat;
Toshkent viloyatida 18 holat;
Xorazm viloyatida 12 holat;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 holat.

Tuzalganlar (+323)
Bugun O‘zbekistonning 6 hududida jami 323 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 10 ming 472 nafarga yetdi. Kunlik tuzalishlar soni bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkich qayd etildi - bu borada rekord 22 iyul kuni qayd etilgan, o‘sha kuni kun davomida 351 bemor kasallikdan sog‘aygani tasdiqlangandi.

Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar;
Andijon viloyatida 95 nafar;
Sirdaryo viloyatida 63 nafar;
Navoiy viloyatida 18 nafar;
Namangan viloyatida 13 nafar;
Surxondaryo viloyatida 10 nafar.
Shuningdek, Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida bittadan o‘lim qayd etilib, jami o‘lim holatlari soni 106taga yetdi.
Ayni paytda 8 782 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 67 298 nafar, statsionar karantinda esa 25 802 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus: Bir kunda 492ta yangi holat aniqlanib, jami holatlar soni 19 mingdan oshdi