19:53 / 25.07.2020
2 194

Qanday holatlarda koronavirusga chalingan bemorlar statsionar davolanishi lozim?

Qanday holatlarda koronavirusga chalingan bemorlar statsionar davolanishi lozim?
AOKA huzuridagi shtabda 2020 yil 25 iyul kuni Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifing davomida Oqilov quyidagi hollarda COVID-19’ga chalingan bemor, albatta, statsionar sharoitda davolanishi lozimligini ma’lum qildi:
- hansirash (havo yetmayotganligini sezish) – nafas olish chastotasi bemorning tinch holatida daqiqasiga 22 va undan yuqori bo‘lishi;
- tana harorati stabil ravishda 39 daraja va undan yuqori bo‘lib, isitmani tushiruvchi dori vositalari yordamida tushmasligi;
- qonning kislorod bilan ta’minlanish foizi 90 foizdan past bo‘lishi (bu ko‘rsatkich pulsoksimetr yordamida aniqlanadi);
- qon bosimining tushib ketishi yoki keskin ko‘tarilib ketishi (90 dan past yoki 220 dan yuqori);
- yurak urishining tezlashishi – puls daqiqasiga 130 va undan yuqori bo‘lishi;
- bemorda ong ko‘rsatkichlarining pasayishi;
- qo‘shimcha xavf omillari: yoshi 60 va undan yuqori, yondosh kasalliklar – diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari, o‘pka va buyrakning surunkali kasalliklari, onkologik kasalliklar va immunitetning pasayishi;
- og‘ir simptomlarning mavjudligi, ya’ni chidab bo‘lmaydigan og‘riqlar, jumladan, bosh og‘riqlari, to‘xtamasdan qayt qilish va intensiv diareya.
Shu holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilib, bemor statsionarga yuborilishi lozimligi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qanday holatlarda koronavirusga chalingan bemorlar statsionar davolanishi lozim?