06:00 / 26.07.2020
2 315

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri 6 oyga yopiladi

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri 6 oyga yopiladi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Usmon Nosir 2-tor ko‘chasining 200 metrlik qismi ko‘prik qurilish ishlari olib borilishi munosabati 6 oy muddatga yopilmoqda. Bu haqda shahar hokimiyati axborot xizmati xabar bergan.

«Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», - deyiladi hokimlik xabarida.

Bundan avval, Chilonzor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasiga tutashgan joyidan Novza ko‘chasigacha tutashgan hududi qariyb bir oy muddatga transport vositalari harakati uchun berkitilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri 6 oyga yopiladi