07:27 / 26.07.2020
3 429

Iskandar Zulqarnayn aniqlagan «Niyat» chashmasi

Iskandar Zulqarnayn aniqlagan «Niyat» chashmasi
Urgut tumani Quyiqishloq qishlog‘ida bundan 200 yil oldin bunyod etilgan masjid bo‘lib, uning qurilgan paytida ekilgan ikki tub 200 yoshli chinor daraxti hamda masjid hovlisida shu yerlarda yashab o‘tgan Taylan bobo Ismoilov tomonidan ekilgan 5 tub 100 yoshdan oshgan chinor daraxtlari aniqlandi.

Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra tegishli soha vakillari yordamida mazkur daraxtlar ro‘yxatga olinib, davlat muhofazasiga olish ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, G‘o‘s va Soyg‘o‘s qishloqlari oralig‘ida bir paytlar Begov Qurbon boboga tegishli bo‘lgan hovlida aylanasi 6,5 metr, diametri 2,7 metr, balandligi esa taxminan 30 metrlar keladigan 500 yoshli chinor daraxti ham aniqlanib, ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Mahalliy aholi keksa vakillarining aytishicha, bir paytlar Iskandar Zulqarnayn yurtimizga Tojikiston tog‘lari orqali dovondan oshib Urgutning Soyg‘o‘s mahallasi hududidagi «Niyat» chashmasi atrofidan qo‘nalg‘a sifatida foydalanadi. O‘sha paytlarda qishning sovuq kelganligi bois bir necha vaqt mobaynida shu yerda qolishga majbur bo‘lishgan.

Mazkur yerlarda Iskandar Zulqarnaynning askarlari ko‘milgan qabriston ham saqlanib qolgan ekan.

Soyg‘o‘s qishlog‘ining yuqori qismida G‘o‘s va Soyg‘o‘s kabi bir necha qishloq va mahallalarni ichimlik suvi bilan ta’minlovchi mazkur «Niyat» bulog‘i atrofida 4 dona tut va 1 tub yong‘oq daraxtlarining ham 100 yoshdan oshganligi aniqlandi. Hozirda mazkur daraxtlar ham davlat muhofazasiga olish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Abdulaziz Yo‘ldoshev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Iskandar Zulqarnayn aniqlagan «Niyat» chashmasi