Foto: Tergov departamenti
Andijon viloyati ichki ishlar xodimlari 22 nafar shaxsni bezorilikda ayblab qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, 2020 yilning 22 iyul kuni soat 17:00 da Xonobod shahar «Kampirrovot» MFYda yashovchi 36 yoshli O.M., farzandi 16 yoshli voyaga yetmagan A.N. bilan bir nechta tengdoshlari urishmoqchi ekanligini eshitib qoladi.
Ota farzandini Xonobod shahar Obi-hayot ko‘chasiga olib borib, u yerda bo‘lgan voyaga yetmaganlar – 16 yoshli M.A., O.A., K.A., X.N., E.T. hamda E.P.ning yo‘lini to‘sib, ulardan qay biri farzandi A.N., bilan birga-bir urishmoqchi ekanligini so‘raydi. Shundan so‘ng O.M. dalaga olib o‘tib, M.A. va O.A. bilan o‘g‘lini birga-bir urushtirgan.
Janjal vaqtida M.A.ning tanishlari janjalga aralashganligi uchun O.M. farzandining tengdoshlari bo‘lgan M.A., O.A. va X.N.ni urib tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, M.A. va O.A. ota-o‘g‘il bilan urushni davom ettirish maqsadida o‘zlarining 14 nafar tarafdorini chaqirib, ota-bolani urmoqchi bo‘lib, Xonobod shahar «Kampirrovot» MFYda to‘plangan. Bundan Xonobod shahar IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga yetib borgan hamda ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida IIB binosiga olib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, M.A. va O.A. hamda ularning 14 nafar tarafdorlariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?