19:13 / 26.07.2020
2 584

Komil Allamjonov: «Zudlik bilan koronavirusdan to‘g‘ri davolash tizimini yo‘lga qo‘yishimiz shart»

Komil Allamjonov: «Zudlik bilan koronavirusdan to‘g‘ri davolash tizimini yo‘lga qo‘yishimiz shart»
Mass-media fondi rahbari, koronavirusga chalinib uy sharoitida davolanib chiqqach, bir hafta davomida shifokorlar ishtirokidagi «Tez yordam» televizion dasturini olib borgan Komil Allamjonov joriy epidemiologik vaziyat va karantinga oid mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Masala jiddiy, tanlov og‘ir, xato qilish imkoniyati 90 foiz. Karantin qattiq bo‘lsa, uydagi bemorlarga qiyin (ular asosiy – 80 foiz qatlam); agar yengil bo‘lsa, og‘ir bemorlar (15 foiz qatlam) va o‘limlar (2-4 foiz) soni ortib ketadi, eplab bo‘lmaydigan darajada. Iqtisodiyot, biznes, yeb-ichish, qarzlarni-ku gapirmasa ham bo‘ladi.

Eng yomoni, qanchalik karantin saqlamaylik, vaksina yaratilib, bizga yetib kelgunicha bir yarim yildan ikki yilgacha vaqt o‘tadi. Agar shu davr mobaynida iqtisodiyotni ham o‘ldirib qo‘ysak, ertaga vaksina sotib olishga ham imkoniyat bo‘lmaydi.

Vaksinalarni kimdir bizga sovg‘a qilsa yoki olib bersa, evaziga yurtimizdan nimanidir yulib oladi. Bekorga yordam beradigan ahmoq aniq yo‘q. Na katta biznesmenlar va na katta davlatlar. O‘zimizning aravamizni o‘zimiz tortmas ekanmiz, ahvol yaxshilanmaydi.

Bu nima degani? Birinchi navbatda, barcha qatlamdagi shifokorlar, hamshiralarga to‘g‘ri davolashni zudlik bilan o‘rgatish kerak. Juda og‘ir jarayon emas bu. Tayyor davolash protokoli bor. Shuni bir marta o‘qib chiqib, hech bo‘lmasa mumkin bo‘lmagan dorilarni bilib olsa bo‘ldi. Shu ham katta muvaffaqiyat hozirgi sharoitda. Yengil tuzalishi mumkin bo‘lgan bemorlar aksariyat holatda aynan shu noto‘g‘ri tavsiya va dorilarni deb og‘irlashyapti yoki o‘lyapti.

Bugun men shuni tushunib yetdimki, eng birinchi navbatda hoziroq, zudlik bilan to‘g‘ri davolash tizimini yo‘lga qo‘yishimiz shart. Asl muammo o‘sha yerda. Qisqa o‘quv dasturi yaratib, barcha tibbiyot qatlamini minimum qisqa kursda o‘qitish kerak. Aks holda hamma bilganicha davolayapti va davolanyapti. Oqibatda muammolar soni ortib, kasalxonalarda joy qolmayapti.

Xullas ahvol og‘ir. Yechimi ham. Kelajakdagi yagona yo‘l esa har bir inson o‘zini o‘zi ehtiyot qilishni o‘rganishi, niqob taqishni kanda qilmaslik va kasal bo‘lib qolganda to‘g‘ri davolanishi kerak. Zudlik bilan shunday yashashni o‘rganmas ekanmiz, faqat og‘irlashaveradi ahvolimiz. Ustiga ustak, kollektiv immunitetga ham vaqt kerak (agar shunday immunitet shakllanishi rost bo‘lsa).

P.S. Bu – mening shaxsiy fikrim!» – deya fikr bildirdi Komil Allamjonov shaxsiy Telegram-kanalida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komil Allamjonov: «Zudlik bilan koronavirusdan to‘g‘ri davolash tizimini yo‘lga qo‘yishimiz shart»