3 796
Musa Yerniyazov o‘limi haqidagi feyk xabardan keyin Qoraqalpog‘istondagi saytlar xodimlari prokuraturaga olib ketildi
25 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovning o‘limi to‘g‘risida feyk xabarlar tarqaldi.
Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istondagi mahalliy saytlar xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tungi soat 01:00lar atrofida olib ketilgani aytildi.
Ma’lum qilinishicha, Makan.uz (Lalagul Kallixanova), KRuz.uz (Iskander Yusupov) va Kar24.uz (Kumar Begniyazova) vakillarining telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan, bu xodimlar tungi soat 3:00 atrofida uylariga qaytishgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, yolg‘on xabarni e’lon qilgan va uni qoraqalpoq tiliga tarjima qilib o‘zining telegram kanallariga joylashtirgan sayt muharrirlari prokuraturaga chaqirilib, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
«Hozirda bu bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi