21:13 / 26.07.2020
3 209

Kimlar birinchi bo‘lib shifoxonaga joylashtirilishi belgilandi?

Kimlar birinchi bo‘lib shifoxonaga joylashtirilishi belgilandi?
Foto: «Vademec.ru»
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Uy sharoitida karantinni tashkillashtirish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatma ham tasdiqlandi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda koronavirus infeksiyasi yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir o‘tayotgan bemorlarni davolash standartlari tasdiqlanishi hamda fuqarolarga tavsiya etiladigan dori vositalarining yagona ro‘yxati shakllantirilishi belgilandi.

Shu bilan birga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida:
  • respublikadagi barcha dorixonalarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash hamda dorixonalarda dori vositalarining narxlari barqarorligini ta’minlash;
  • koronavirus infeksiyasini davolashga mo‘ljallangan shifoxonalarni kislorod bilan ta’minlangan holda shayligini tayyorlash;
  • koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni klinik belgilariga asosan test javoblarini kutmasdan tibbiy yordamni tashkil qilish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Mutasaddilarga koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni shifoxonaga joylashtirishning aniq va shaffof mezonlarini ishlab chiqish hamda bemorlarni shifoxonaga joylashtirishda ushbu mezonlarga qat’iy amal qilish ustidan aniq topshiriqlar berildi. Bunda, qandli diabet, onkologik, yurak-qon tomir, autoimmun kassaliklari, metabolik sindrom mavjud hamda 55 yosh va undan oshgan bemorlarni, birinchi navbatda, shifoxonaga joylashtirilishi belgilandi.

Shu maqsadda koronavirus bilan kasallanganlarni davolanish uchun joylashtirish muassasalarining zaxirasini tayyorlash hamda fuqarolarni to‘g‘ri taqsimlagan holda joylashtirish maqsadida barcha hududlarda maxsus taqsimlash markazlari faoliyati tashkil etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kimlar birinchi bo‘lib shifoxonaga joylashtirilishi belgilandi?