10:55 / 27.07.2020
4 804

Koronavirusda o‘lim xavfini 12 baravarga oshiradigan kasallik nomi aytildi

Koronavirusda o‘lim xavfini 12 baravarga oshiradigan kasallik nomi aytildi
Illustrativ foto
Diabet kasalligi COVID-19 tufayli o‘lim xavfini 12 baravar oshirishi mumkin. Bu haqda AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga tayanib MedicalXpress xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, diabet xastaligi borlar koronavirusga chalinsa kasalxonaga yotqizilishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘ladi. Shuningdek, portal ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha oylik pandemiya bo‘yicha to‘plangan statistika shuni ko‘rsatdiki, diabet COVID-19 asoratlarining og‘ir o‘tishi bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

San-Fransisko shahridagi Kaliforniya universiteti olimi Prakash Didvaniyaga ko‘ra, qandli diabet buyrak kasalligi, insult, miokard infarkti va ko‘rish qobiliyatining buzilishi kabi bir qator asoratlarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotchi eng jiddiy asorat immun tizimining pasayishi deya qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusda o‘lim xavfini 12 baravarga oshiradigan kasallik nomi aytildi