12:05 / 27.07.2020
2 651

COVID-19’ga chalinganda dastlabki kunlardan antibiotik yoki gormon ichish pnevmoniya rivojlanishi ehtimolini oshiradimi?

COVID-19’ga chalinganda dastlabki kunlardan antibiotik yoki gormon ichish pnevmoniya rivojlanishi ehtimolini oshiradimi?
«Tez yordam» loyihasining 25 iyulda efirga berilgan sonida Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra’no Qosimova koronavirusga chalinib kasallikni yengil shaklda o‘tkazayotgan bemorlar va ularni davolayotgan shifokorlarga ayrim tavsiyalarni berdi.

Ra’no Qosimovaning qayd etishicha, 70-80 foiz bemorda kasallik yengil va o‘rta og‘ir darajada o‘tadi. Yengil tarzda kasallikni boshidan kechirayotgan bemorlarga dori berish shart emas. Organizm bu vaziyatda virus infeksiyasiga qarshi mustaqil tarzda kurashib, kasallikning 4—5-kunida tana harorati tushib, bemorning ahvoli yaxshilana boshlaydi.

«Lekin hozir aholi vahima iskanjasida qolmoqda. Isitma ko‘tarilib ketganda, o‘zini yomon his qilganda yoki biror yaqinini yo‘qotib qo‘yganda xavotir kuchayib ketmoqda.

Shu holatda bemorlar boshqalarning dori vositalarini qabul qilmoqda. Bu esa ularning holati yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Oxirgi haftada 20-25 nafar bemorni ko‘rdim. Ular kasallikning birinchi kunlaridan tomchi dorilar, «Deksametazon»,«Natriy xlor» kabi dorilarni qabul qilgan
», – deydi Ra’no Qosimova.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bunda normal holatda ketayotgan jarayon bemorlarning shoshma-shosharligi, vahimasi oqibatida izdan chiqadi. Shuningdek, tibbiyot fanlari nomzodi tajriba ham vaqtida suv ichib, to‘g‘ri ovqatlangan, yetarli miqdorda vitaminlar iste’mol qilgan bemorlarning 70-80 foizida koronavirus pnevmoniya shakliga ko‘chmasdan yengil shaklda o‘tayotganini qayd etgan.

Virusologiya instituti ilmiy xodimining aytishicha, kasallikning birinchi kunidan dori qabul qilgan bemorlarda 7-8-kuni o‘pka shikastlanishi va qonning kislorod bilan ta’minlanishi pasayib, ularni jonlantirish bo‘limiga yotqizish holatlari uchrab turibdi.

«Antibiotik qabul qilishi natijasida diareya va ko‘ngil aynishi kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Shuning uchun shifokorlardan ham bemorlarga dori yoki gormon berishdan oldin bemorning holatini yaxshilab o‘rganishi va agar zarur bo‘lsa, kerakli preparatlarni tavsiya qilishi mumkin, lekin kasallikning birinchi kunidan emas.

Agar kasalligi yengil o‘tadigan 70-80 foiz bemorga birinchi kundanoq statsionar sharoitda ishlatiladigan dorilarni qo‘llasak, ularning yarmi statsionar sharoitiga ko‘chirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin
», – deya fikr bildirgan «Tez yordam» ko‘rsatuvining eksperti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » COVID-19’ga chalinganda dastlabki kunlardan antibiotik yoki gormon ichish pnevmoniya rivojlanishi ehtimolini oshiradimi?