13:30 / 27.07.2020
2 208

O‘z burchini tushungan ota aliment pullarini to‘lab berdi

O‘z burchini tushungan ota aliment pullarini to‘lab berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 22.05.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Z.Axmadaliyevdan undiruvchi B.Axmadaliyeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa topgan daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Paxtaobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdor bir necha marta ogog‘lantirilishiga qaramasdan, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgani sababli Z.Axmadaliyevning alimentdan bo‘lgan qarzi 10 mln 562 ming so‘mga yetib borgan.

Biroq, karantin davrida o‘z burchini tushunib yetib, farzandlari ta’minotini o‘ylagan ota alimentdan bo‘lgan jami qarzini to‘lashga qaror qildi. Qarzdor Z.Axmadaliyev undiruvchi B.Axmadaliyeva foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 10 mln 562 ming so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘z burchini tushungan ota aliment pullarini to‘lab berdi