15:43 / 27.07.2020
2 447

DXA maxsus stiker masalasida qo‘shimcha ma’lumot berdi

DXA maxsus stiker masalasida qo‘shimcha ma’lumot berdi
DXA matbuot xizmati rahbari Sevara Zokirovaning ma’lum qilishicha, respublika maxsus komissiyasining 8 iyuldagi 33-son bayonida stiker berish qaytadan boshlanishi belgilanmagan, avval berilgan stikerlar amaldaligi ko‘rsatib o‘tilgan.

«Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatida yetkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalari (firma avtomobili) kiritilgan. Shu sababli, faoliyat turingizni tasdiqlash uchun korxonaning ta’sis hujjatlarini olib yurish tavsiya etiladi», - deydi u.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil iyundagi 33-son majlis bayoniga asosan, o‘rnatilgan karantin davrida avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo‘llaniladi.

«Maxsus komissiyaning yuqoridagi qarorida avtotransportda harakatlanishi uchun berilgan stiker-ruxsatnomalarni avtotransport vositasi almashganda (sotilganda, nosoz yoki yaroqsiz holga kelib qolganda va hokazo) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qayta rasmiylashtirilishi nazarda tutilmagan», - deya qo‘shimcha qildi Zokirova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXA maxsus stiker masalasida qo‘shimcha ma’lumot berdi