21:34 / 27.07.2020
2 820

Ikki sherik qanday qilib firibgarlik orqali 33,6 ming AQSH dollari «ishladi»?

Ikki sherik qanday qilib firibgarlik orqali 33,6 ming AQSH dollari «ishladi»?
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir necha o‘nlab fuqarolarni 33 mingdan ko‘proq «ko‘ki»ga tushirganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ikki sherik - N.X. va Sh.A.lar o‘zaro til biriktirib, «A.T.C.» korxonasiga a’zo qilish va «elektron do‘kon» sotib olish evaziga bir fuqarodan 920 ming so‘m, yana biridan 300 AQSH dollarini olgan paytda ushlanadi.

Biroq bu hali hammasi emas. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida ularning yana bir jinoyati fosh etildi. Ya’nikim, ikki sherik «A.T.C.» saytiga a’zo bo‘lish, boshqalarni mazkur saytga a’zolikka taklif qilish va shu orqali bonus pullari berilishiga ishontirib, jami 53 nafar fuqaroning 33,6 ming AQSH dollari va 3 mln so‘m mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishadi. Qo‘lga kiritilgan pullar esa Sh.A.ning nomiga ochilgan xalqaro plastik (VISA) kartasiga o‘tkazilganligi aniqlangan.

Ayni paytda holat bo‘yicha firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘pam uchrayvermaydigan mazkur jinoyat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki sherik qanday qilib firibgarlik orqali 33,6 ming AQSH dollari «ishladi»?