21:57 / 27.07.2020
3 615

Koronavirusga chalinganda o‘lim xavfini oshiradigan kasalliklar ma’lum qilindi

Koronavirusga chalinganda o‘lim xavfini oshiradigan kasalliklar ma’lum qilindi
Foto: Reuters
Har qanday surkunkali kasallik koronavirusga chalinganda o‘lim xavfini kuchaytiradi, demoqda Novosibirsk viloyatining bosh klinik farmakologi Vladislav Mitroxin.

Uning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasi nafaqat qand kasali bor odamlarda, balki boshqa surunkali xastaliklarga chalingan bemorlarda ham og‘irroq kechadi. Shu bilan birga, ushbu kasalliklar COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim xavfini ham oshiradi.

«Odatda surunkali yurak qon-tomir kasalliklari, o‘pka kasalliklari bor, shuningdek, oshqozon yarasini davolash uchun dori ichib yuradigan insonlar ham xavf guruhiga mansubdir», deb aytgan farmakolog.

Avvalroq, AQSHning Profilaktika va nazorat markazlari qand kasalligining koronavirus bilan bog‘liq o‘limning yuzaga kelishiga ta’siri o‘rganilgan tadqiqot natijalarini e’lon qilgan edi. Mutaxassislar mazkur kasallik o‘lim ehtimolini 12 baravarga oshirishi mumkin degan xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, diabet COVID-19 asoratlarining og‘ir kechishi bo‘yicha yurak qon-tomir kasalliklaridan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusga chalinganda o‘lim xavfini oshiradigan kasalliklar ma’lum qilindi