09:00 / 28.07.2020
3 831

Koronavirus qanchalik xavfli? Professor javobi

Koronavirus qanchalik xavfli? Professor javobi
Koronavirusning asosiy xavfi nimada?
– COVID-19 o‘ta kontagiozligi bilan xavfli. U tez tarqaladi va agressiv. Virus o‘pka-nafas tizimini zararlaydi va o‘tkir respirator distress sindromini rivojlantiruvchi pnevmoniyani chaqiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘tkir nafas yetishmovchiligining og‘ir turiga olib keladi va ko‘p hollarda o‘lim bilan yakun topadi.

Virus buyumlar sathida qancha vaqt saqlanib turadi?
– Buyumlar sathida virus 3 soatdan 8 soatgacha saqlanadi. Buyumlarni ushlagandan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak. Bu masalada gigiyena juda muhim.

Kollektiv immunitet borasidagi fikrlar qanchalik to‘g‘ri? Ko‘pchilik kasallikka chalinsa virus qaytalanmasligi to‘g‘rimi?

– Hozir bu haqda gapirish noo‘rin. Asosiy maqsadimiz kasallanganlar soni kattalashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Kollektiv immunitet fuqarolarning katta qismi kasallanib tuzalgach hosil bo‘ladi. Bizda bunday hol yuzaga kelmaydi deb umid qilamiz.

O‘zbekistonda kasallikning cho‘qqisi o‘tib bo‘ldi, deyish mumkinmi? Yoki hali ham cho‘qqiga chiqmadimi?
– Bizda koronavirusning cho‘qqisi hozir kuzatilyapti. So‘nggi paytlarda kasallanganlar soni intensiv ravishda ko‘payib bormoqda. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, cho‘qqidan hali o‘tib bo‘lmadik.

Ko‘plab xorijiy OAVlar koronavirusdan tuzalgan odamlar kelajakda sog‘liq bilan bog‘liq turli muammolarga duch kelishlari haqida yozishyapti. Shu to‘g‘rimi?
– Salomatlik bilan bog‘liq muammolar infeksiyaga chalingunga qadar ham ko‘plab kasalliklari bo‘lgan odamlarda kuzatiladi. Bu zararli odatlar, yashash sharoiti va boshqa ko‘plab omilarga bog‘liq. Shifokorlarning tavsiyalariga quloq solgan kishilarda muammolar bo‘lishi kerak emas. Hammasi o‘zimizga bog‘liq, sog‘likni doim asrash kerak.

Nima uchun O‘zbekistonda ahvol birdaniga yomonlashdi?
– Buning ko‘p sabablari bo‘lishi mumkin. Balki karantinni yumshatish kerak bo‘lmagandir. Lekin eng muhimi fuqarolarning vaziyat jiddiy ekanligini tushunishlaridir. Agar barcha tavsiyalarga rioya qilsak, o‘zimizni va yaqinlarimizni kasallikdan himoya qilishimiz mumkin.

Vaksina insoniyatni koronavirusdan qutqara oladimi? Nima deb o‘ylaysiz, u qanchalik tez yaratiladi?
– Vaksina shubhasiz vaziyatni yaxshilaydi. Ammo uni bu yil kutish kerak emas. U katta ehtimol bilan keyingi yilda tayyor bo‘lishi mumkin.

Virusga qarshi profilaktik dori vositalari bormi va ular qanchalik samarali?
– Profilaktikaning maxsus terapiyasi yo‘q. Eng muhimi immunitet kuchli bo‘lishi lozim. Biz doim salomatligimiz haqida qayg‘urishimiz kerak. Faqat shu yo‘l bilan virusni yutib chiqamiz. Agar odamda virus yuqtirgunga qadar sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan bo‘lsa, uni yengib o‘tish qiyin bo‘ladi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus qanchalik xavfli? Professor javobi