18:04 / 28.07.2020
2 768

Habibullo Oqilov: «Plakvenil» bilan 12 mingga yaqin bemorni tuzatib chiqarib yubordik

Habibullo Oqilov: «Plakvenil» bilan 12 mingga yaqin bemorni tuzatib chiqarib yubordik
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov «Plakvenil» dori vositasining hamon qo‘llanilayotganiga izoh berib o‘tdi.

Jumladan, aholidan kelib tushgan «Poliklinikadan berilgan dorilar orasida «C Vitamin», «Azitromitsin» va xitoy yozuvli korobkada «Plakvenil» berishdi. «Plakvenil» dorisi atrofida shuncha gap-so‘zlar, nima uchun poliklinikalar haligacha uni tavsiya qilishyapti va bemorlarga berishyapti?», — degan savolga mutaxassis quyidagicha javob bergan:

«Dori vositasi borki, uning atrofida gap-so‘zlar bo‘laveradi. Hozirgi kunda koronavirusga qarshi ishlatilayotgan dorilarning barchasi atrofida gap-so‘zlar bor. Lekin O‘zbekistonning o‘z tajribasi bor. Biz 12 mingga yaqin koronavirusga chalingan bemorlarni ayni shu dori vositasi yordamida tuzatib yubordik. Tizimli ravishda chet ellik hamkasblarimiz bilan maslahatlashib, tajriba almashib turibmiz.

AQSH, Braziliya, Hindiston davlatlarida davo protokollarida «Plakvenil» saqlanib turibdi. O‘tgan hafta bir guruh turkiyalik olimlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi. So‘ralganda ular Turkiyada ambulator sharoitda ham, statsionarda ham «Plakvenil» davolash standartlarida borligini qayd etdi.

Kuni kecha Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi va Sechenov nomli tibbiyot universiteti professorlari bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada ham muhokama qilingan savollarning bittasi ayni «Plakvenil» qo‘llanishiga bag‘ishlangan edi. Rossiyalik olimlar koronavirus kasalligining dastlabki kunlarida qisqa kurs bilan «Plakvenil» berish maqsadga muvofiqligini qayd etdi».

Eslatib o‘tamiz, 16 iyul kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilinib, ularga yetkazib beriladigan dori-darmonlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatga «Gidroksixloroxin», «Azitromitsin», «Paratsetamol», «C Vitamin» kabi dori-darmonlar kiritilgan.

19 iyulda esa Respublika maxsus komissiyasi a’zosi, professor Feruza Hamroboyeva JSST samarasiz deb topgan «Gidroksixloroxin» preparati O‘zbekistonda nega qo‘llanilayotganiga izoh bergan va koronavirusga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishgan Xitoy bilan vebinarlar o‘tkazilayotgani, klinik protokol bir umrlik hujjat emasligi, u doim qayta ko‘rib chiqilishini aytgandi.

Keyinchalik Hamroboyevaning o‘zi «Tez yordam» ko‘rsatuvida 13 iyulda dori davolash protokolidan olib tashlangani, rasmiy protokol ko‘rib chiqilgani va bepul tarqatiluvchi to‘rttalik dori-darmon guruhi ichidagi «Gidroksixloroxin» davolash protokolidan chiqarilganini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Habibullo Oqilov: «Plakvenil» bilan 12 mingga yaqin bemorni tuzatib chiqarib yubordik