18:30 / 28.07.2020
3 709

Farg‘onada «Jentra» avtomobili yoqib yuborildi (video)

Farg‘onada «Jentra» avtomobili yoqib yuborildi (video)
Farg‘ona shahrining Yuksalish ko‘chasida «Jentra» rusumli avtomobil yonib ketdi. Voqea joyidan olingan videotasvir ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ikki qo‘shni o‘zaro gap talashib, kelisholmay qolgan.

Natijada, ulardan biri avtomobilni yoqib yuborgan. Ularning o‘zaro janjaliga nima sabab bo‘lgani, avtomobil kimga tegishli ekani, uning yoqib yuborilishiga ushbu janjalning qanday aloqasi borligi noma’lum.

Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
«Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan zarur kuch vositalar yordamida darhol yong‘in bartaraf etilib, Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, shuningdek yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan zaruriy ekspertizalar tayinlangan.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, holatga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi», deyiladi IIB axborot xizmati bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada «Jentra» avtomobili yoqib yuborildi (video)